Biatlonchilar Oberxofdan ketishdi

CHERY AUTO

Germaniyaning Oberxof shahrida biatlon bo‘yicha jahon kubogi bahslarining to‘rtinchi bosqichi yakunlandi.

Tecno

Musobaqaning so‘nggi poygasida erkaklar va ayollar o‘rtasida estafeta bahslari o‘tkazildi.

Ayollar o‘rtasidagi bahslarda Frantsiya terma jamoasi birinchi bo‘lib marraga etib keldi. Ulardan 32.4 soniya ortda qolgan germaniyalik qizlar shohsupaning ikkinchi pog‘onasiga ko‘tarildi. Kuchli uchlikni Shvetsiya termasi yakunladi.

Erkaklar o‘rtasida esa Shvetsiya birinchi, Italiya ikkinchi hamda Norvegiya uchinchi o‘rindan joy oldi.

Sports.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!