
Bilasizmi? Ronaldu 2018 yilda La Ligada eng ko‘p gol urdi
Madridning “Real” klubi forvardi Krishtianu Ronaldu kecha bo‘lib o‘tgan “Betis”ga (5:3) qarshi bahsda g‘alaba goliga mualliflik qildi.
Opta nashrining yozishicha 33 yoshli Ronaldu shu tariqa 2018 yil La Ligada kiritgan gollari sonini 8taga etkazib oldi va bu ko‘rsatgich borasida peshqadamga aylandi.
Ma’lumot uchun, Ronaldu joriy mavsum chempionatning jami 19ta uchrashuvida maydonga tushgan va o‘z hisobiga 12ta gol hamda 7ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan.
Fikrlar