Biz kutgan Tokio va kutilmagan natijalarga boy bo‘lgan boks musobaqalari taxlili

  • 2 avgust, 2021, 12:05
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 3
  • Boks
CHERY AUTO

Xususan, boks musobaqalari barchaning e’tiborida kun mavzusi bo‘lib turibdi. Rio Olimpiadasidagi natijalar 3 oltin, 2 kumush va 2 bronzani tashkil etgan bo‘lsa, hozir chorak final bosqichiga etib kelgan bokschilarimiz o‘tgan safargi medallar sonidan ham kamroq bo‘lib turibdi. Musobaqada o‘z ishtirokini davom ettirayotgan bokschilarimiz, bular qizlar o‘rtasida -60 kg vaznda Rayhona Qodirova, erkaklar o‘rtasida -52 kg vaznda Shahobiddin Zoirov, -63 kgda Elnur Abduraimov va +91 kg vaznda Bahodir Jalolov. Bir qancha bokschilarimiz esa musobaqani erta yakunlashdi.

Tecno

Mag‘lubiyatlar nimaning hisobiga?

    -57 kg vaznda amaldagi jahon chempioni hisoblangan Mirazizbek Mirzaxalilov o‘zining ilk jangida irlandliyalik Uoker Kurt bilan to‘qnash keldi. Mirzaxalilov o‘z uslubida jang olib bordi. Odatda, u janglarida 1-raundda imkon berib, 2 va 3-raundlarda raqibini yanchib tashlar edi. Kurtga qarshi jang ham shunday bo‘ldi. Ammo Mirzaxalilov hakamlik faktori sabab imkoniyatni boy berdi. Shu bilan birgalikda, Mirazizda ham himoyada xatolar ko‘zga tashlandi.

     Uslubi sabab ko‘p tanqidga uchraydigan bokschilarimizdan biri -69 kg vaznda ishtirok etgan Bobousmon Boturovning ham raqibi anoyilardan emas edi. Nimchorak final bosqichida Evropa mintaqaviy kvalifikatsion turniri g‘olibi, jahon chempionati kumush medalchisi britaniyalik Pet Makkormakka kutilganidek imkoniyatni boy berdi. U uslub jihatdan juda noqulay bokschi, shu bilan birga Makkormak ancha kuchli raqib edi. Bobousmon oldingi jangiga nisbatan yaxshiroq harakat qildi, lekin baribir daraja jihatidan Makkormak kuchli edi. Yakunda Makkormak final bosqichida chempionlik uchun jang qilishi uning darajasini ko‘rsatib turibdi.

11111

     Fanat Qahramonov -75 kg vazn toifasida 1-jangida g‘alaba bilan musobaqalarga kirishgani barchamizni xursand qilgani shubhasiz. Uning nimchorak finalda raqibi qozog‘istonlik Abilxan Amankul bo‘lishi esa, bu xursandchilik uzoqqa cho‘zilmasligiga bir ishora bo‘ldi. Jangning birinchi raundida Fanat raqibidan yaxshigina ustunlik qildi va bir qator kuchli zarbalar bilan Amankulni siylagan holda hakamlar hisobida ham o‘z ustunligini ta’minladi. Ikkinchi raundni ham yaxshi boshlagan Qahramonov to‘satdan chap qo‘l to‘g‘ridan kelgan kuchli zarbadan qalqidi va hisob ochildi. Shundan so‘ng u “o‘chib qoldi” va raundni boy berdi. Jangning qolgan qismini katta ustunlik bilan o‘tkazgan Amankul esa natijani ham o‘z foydasiga hal qildi.

     -81 kg vazn toifasida yosh bokschimiz jahon chempionati kumush medalchisi Dilshodbek Ro‘zmetov ikkinchi saralash bosqichida anchagina kuchli raqib - Evropa chempioni, kvalifikatsion turnir g‘olibi asli kubalik bo‘lgan Ozarbayjon bokschisi Alfonso Dominges bilan to‘qnash keldi. Ro‘zmetovning ushbu raqibni mag‘lub etish uchun potentsiali etarli edi, ammo o‘sha kuni u o‘z darajasida jang qilmadi. Ro‘zmetov Alfonsoni oldin ham mag‘lub etgan. Ular 2019 yilgi jahon chempionatida to‘qnash kelgan va Dilshodbek g‘alaba qozongan. Bu safar 1-raundda ham g‘alaba qozonganday ko‘rindi-yu, yana hakamlar ustunlikni raqibga bergach, ruhiyati tushib ketdi va keyingi raundlarda haqli mag‘lub bo‘ldi. Bu jangda unga ruhiyat etishmadi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Alfonso esa yakunda yarim finalga qadar etib borib, bronza medali egasiga aylandi.

      Ko‘pgina e’tirozlarga sabab bo‘lib kelayotgan -91 kgli bokschimiz Sanjar Tursunov esa musobaqaning ilk kunidayoq jazoirlik Benchabla Abdelxafid bilan to‘qnash keldi va 1:4 hisobida imkoniyatni boy berdi. Bir necha yillardan beri O‘zbekiston chempionligini ham qo‘lga kirita olmayotgan Tursunovdan ko‘pchilik medal kutmagan bo‘lsa ham ajab emas. Ammo Olimpiya o‘yinlari ilk jangidayoq, nomdor bo‘lmagan raqibga imkoniyatni boy berishi muxlislarga yoqmagani aniq. Abdelxafid to‘sig‘idan o‘tganida uni amaldagi jahon chempioni Rossiya Olimpiya bayrog‘i ostida harakat qilayotgan Muslim Gajimagomedov kutib turgan edi. Jahon chempioniga mag‘lub bo‘lgan taqdirda ham alam qilmagan bo‘lar edi...

gettyimages-1330349048-1024x1024

Qizlarimiz Olimpiya o‘yinlarida ilk bora g‘alabali janglar taqdim etishdi

     Qizlar o‘rtasida 3 nafar litsenziya qo‘lga kiritilgan edi. So‘nggi yillarda qizlar boksida ham birmuncha ijobiy o‘zgarishlar ro‘y bermoqda.

    Musobaqaning ilk kunida -69 kgda bahslarga kirishgan Shahnoza Yunusova polshalik Karolin Kozevskiga imkoniyatni boy berdi. Tarixiy g‘alabani esa bizga -51 kgda ishtirok etgan Tursunoy Rahimova taqdim etdi. U ham Polsha vakilasi Sandra Drabik bilan kuch sinashib, raqibini 4:1 hisobida g‘alabaga erishdi. Nimchorak final bosqichida unga 1-raqam ostida saralangan turkiyalik kuchli raqib Buse Naz Chaqiroglu raqib bo‘ldi. Dastlabki raundda faolroq harakat qilgan Rahimova hakamlarni ham bunga ishontira oldi. Ikkinchi va uchinchi raundlarda ham turkiyalik bokschiga etarlicha qarshilik ko‘rsatgan bo‘lishiga qaramay, 5 nafar hakamlarning 3 tasi raqib ustunligini qayd etdi va u ham hakamlarning shubhali qarori sabab musobaqada ishtirokini yakunladi.

     -60 kg vazn toifasida g‘oliblik sari odimlayotgan Rayhona Qodirova Kongo Demokratik Respublikasi vakilasi Naomi Yumbaga hech qanday imkoniyat qoldirmadi. U 3 avgust kuni chorak final bosqichida kuchli raqib, braziliyalik jahon chempioni Beatriz Ferrera to‘sig‘idan o‘tishi kerak bo‘ladi.

image_2021-08-02_12-01-11

Jalolov bronza medalini naqd qildi. Endi navbat Zoirov va Abduraimovga

        Amaldagi Olimpiada chempioni, jahon chempioni nomdor bokschimiz Shahobiddin Zoirov nimchorak final bosqichida Kabo-Verde vakili Daniel Vareladan ustun ekanini yaqqol namoyon qilib, keyingi bosqichga yo‘l oldi. Unga 3 avgust kuni yarim final uchun jangda filippinlik charm qo‘lqop ustasi Karlo Palam raqiblik qiladi.

       -60 kg vazn toifasida Elnur Abduraimov dastlabki ikki jangida ketma-ket Osiyo chempionlari Batarsuxin Chinzorig va Bahodir Usmonovni musobaqadan chiqarib yubordi. Unga 3 avgust kuni bo‘ladigan navbatdagi jangida ikki karra Evropa chempioni Ovanis Bachkov (Armaniston) raqiblik qiladi. 

      +91 kgda yaqqol favorit deya e’tirof etilgan Bahodir Jalolov chorak final jangini o‘tkazdi. Jalolovga Hindiston vakili Satish Kumar qarshilik ko‘rsatishga harakat qildi. 5:0 hisobida g‘alaba qozongan Jalolov o‘zi uchun kamida bronza medalini naqd qilib, yarim finalda britaniyalik Ferezer Klarkka qarshi ringga ko‘tariladigan bo‘ldi. Bu vazndagi yarim final bahslari 4 avgust kuni bo‘lib o‘tadi.

Jalol Axmedov tayyorladi

Jalolovning promouteri Lou DiBella undan oltin medal kutmoqda

Faoliyati davomida Isroil Madrimov, Dilshodbek Ro‘zmetov va Shahram G‘iyosovga mag‘lub bo‘lgan bokschilar Olimpiada finaliga yo‘l oldi

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Atadjanov G'ulambek
02/08/2021 15:01
Jutnalistni uzi yozyabdi Bir necha yillardan buyon xatto Uzbekisto chempionatida yuta olmayotgan Sanjsr Tursunov olimpiadada nima qiladi. Mana boksimiz nega chirib ketdi. Shunga xam bolta urdilaring ifloslar. Urgangansanlar xalqni aldab, raxbariyayni aldab, byudjet mablaglarini talon-toroj qilib, eng yomoni or-nomuslaringni sotib urgangansanlar......
&
Турсун Ғани
02/08/2021 23:56
Рио олимпиядасидан сўнг диёрли 5 йил давомида боксни бошқа ҳоҳлаган федерацияларга, спорт турларига ўрнак қилиб кўрсатишди. Лекин улар шу ўрнак бўлишга арзирли иш қилишмади. Бу борада спортчиларни танлаб олишда шаффофлик, адолат мезонларига амал қилишмади. Бор ички имконият ва патенциялларидан, ресурсларидан тўғри фойдаланишмади. Касалини яширсанг охир оқибат истмаси ошкор қилади деганларидек, ҳозирда бу ҳолат яққол кўзга ташланиб қолди. Балким мураббийлар ўзлари ҳоҳлаб шу танловларга келишмагандир, уларга ҳам юқоридан буйруқ бўлгандир. Бу биз учун қоронғу. Лекин шу олиб кетилган Санжар, Фанат, Бобоусмон, ҳаттоки Дилишодбек Рўзиметовлардан ҳам кучлироқ ва иродалироқ боксчиларимиз, чемпионларимиз бор эди. Бу аниқ. Лекин нимага улар таркибга киритилмаганлиги юзасидан аниқ жавобларни батафсил беришларини кутиб қоламиз. Ўшалар адолатли сараланганларида чемпион бўлмаганлар, муносиб бўлмаганлар бормаганида, балким ҳозир иштирокини давом эттираётганлари кўпроқ бўлармизи. 3 нафар йигит қолди. Тўғриси Шахобиддин ва Баходирга ишонч бор. Элнур ҳаққида бир нима диеш қийин. Эртага омадларини берсин оллоҳим қўлласин уларни.
&
Турсун Ғани
02/08/2021 22:59
Очиғини айтаман ушбу мақола муаъллифи ўз мақоласида чуқур танқидий, тахлилий ишга қул уриб ёндашмабди. Аслида бу мавзуда ёздими, масаланинг, мавзунинг ичига чуқур кириб ёндашиб кенгроқ ёритилиши лозим эди. Мен ҳеч кимга ишига аралашиб ақил бермоқчи эмасман у лекин, ушбу мавзуни ёритилишини анча кунлардан буён кутуб юрган эдим.
Аслида бокисимиз ҳақидаги дастлабки танқидий таҳлилий мавзуда гарчи футболга ихтисослашган бўлсада
Чемпионат.Азия сайтида
мақолалар эълон қилинди, мухлислар бунга керагича ўз фикр ва мулоҳазаларини билдириб ўтишди. Мен эътиборни тортган айрим мухлислар келтириб ўтган тўғри фикирларини фактларини ва ўзимнинг айрим шахсий фикрларимни, саволларимни, мени 1 неча кунлардан буён қийнаб келаётган фикр мулохазаларни ва саволларимни ёзаман ва йўллайман.
1 Мухлисимиз ёзганидек 1-факт 69 кг.да Бобоусмон Ботуров 2 маротаба ютқазган Пет Маккормакни Шахрам Ғиёсов 2017 йил Бокс ЖЧ.да Германиянинг Гамбург шахрида ютган. Шунингдек ўзим ҳам Youtub да кўрдим спарингда ҳам Шахрам билан жангида Бобоусмонда техникаси йўқ, олдинга борган, Шахрам аниқ жанг қилиб очколарни терган. Қолаверса Бобо шу йилги Ўзбекистон чемпионатида Жавлон ва Халимбек Утагеновга ютқазувди хакамлар бобога беришовди. Лекин ўйлаб қарасак Бобони доимо Тўлқин Қиличов олиб чиқади. Шахрамни Равшан Ходжаев сабаби балким шудир, Бобони олимпиядага бориши Т.Қиличовга манфаати бўлгандир... ёки юқоридан буйруқ шундайдир...
2-Факт 75 кг.да Фанат Қахрамонов 2 маротаба ютқазган Қозоғистонлик Аманқулни Саиджамшид шу йил Осиё чемпионатида ютган эди.
Ҳамма билади Охирги 2та Ўзбекистон чемпионатида Фанат 2020 йилда Одилжон Аслоновга ютқазган бўлса, 2021-йилда Саиджамшид Жаъфаровга ютқазган. Яна битта сабабини айтаман Фанатни Тўлқин Қиличов, Саиджамшид ва Одилжонни мурабийи Хамза Авезов эди.
3-факт 91кг.да 2020-йилда Санжар Турсуновни Ўзбекистон Чемпионатида Жамшид Абдуллаев мешок қилиб урган бўлса, 2021-йилда Мадиёр финалда Санжардан устун келган. Шу ўринда савол тўғилади қайси ақил билан Санжар Турсунов Лицензия турнирига олиб борилди???? Ахир Санжар ўзбекиистонда 91 кг.да 5-рақамли боксчи ю. Қандай қилиб олимпиядада жахонда медал олсин.
Аслида Ўзбекистонга ўтган осиё чемпионатида хам ҳамма боксчимиз чемпион бўлганида санжар ютқазиб қўйганди, 1гина Санжар ютқазган.
Бу фактлардан барчаси аён бўлиб кўриниб турибдики, бизда адолат деган нарсадан ному нишон йўқ. Ватан шаънини, ору номусни бошқа нарсаларга осонгина алмаштириб юбораверишар эканда....
Агарда танловда тўғри бўлганимизда ишонаверинг биз Рио 2016 дагидан ҳам яхшироқ натижаларни қўлга киритар, ва ўз позитциямизни сақлаб қолган бўлар эдик. Ҳақиқий кучли чемпионларимизни олиб кетмадик. Шунга яраша натижа ҳам йўқ бўлмоқда. Ҳозирда 4нафари қолди. Лекин умумжамоа ҳисобида анча пастладик. Ақл билан, адолат билан иш кўрилмади, кимларнингдир ноғорасига роса ўйналди. Дунё устумиздан кулмоқда.Барига ўзимизнинг ичкарида бўладиган ўйинлар сабаб. Биз 8 та вазнда энг кучлиларни этканимизда эди, Миразизга ўҳшаган 1 та 2 та балким 3 тасига борингки адолатсизлик бўларди диейлик 1/2 финалгача қолганлари ютарди аниқ.
Айб ўзимизнинг ичкарида Чемпионларимиз қолиб кетиб, 3-4-5даражадагилар этилди ва улар бориб қовунларини туширишди.
Вақтида зўрларни ватан шани учун кимлигига қарамасдан олиб кетилганида эди, биласизми бизда кимлар бор Эди 1 эътибор беринг Шахрам Ғиёсов, Исроил Мадримов, Иқболган Ҳолдоров, Қолиб кетган Ўзбекистон чемпионлари Саиджамшид Жафаров, Одилжон Аслонов, Жамшид Абдуллаев, Мадиёр... эҳе улар кўп давом эттирса. Ҳуллас қайтиб келишса қандай натижа бўлишидан қатийй назар хозирги холатимизда максимал натижа 4 та олтин олсак ҳам юқоридаги ҳолатлар юзасидан муҳлислар қаршисига матбуот орқали МОҚ вакили, Тўлқин Қиличов ва Катта мурабий Марат Қурбоновлар Жавоб беришларини кутиб қоламиз...
Энди шу юқоридаги ҳолатни футбол мисолида бир ўйлаб кўрайлик қандай бўлар экан.
Тасаввур қилайлик Пахтакор ва Насаф 1-чемпион Ўзб.да Бири Ўзбекистон Кубиги сохиби бўлиб ОЧЛга берилган 2 та йўлланмани йил давомида курашиб ютиб олди. Лекин келаси мавсум уларнинг ўрнига 5-ўринни олган Металург ва 6-бўлган Сурхон борса бу қандай бўларди ва туюларди. Футбол мухлислари бунга кўнармиди. Бу спорт пренципларига тўғри келармиди. Боксимиздаги холат ҳозир худди шунга ўҳшаш вазиятда турибди. Нима бўлган тақдирда ҳам расмийлардан ўхшамаган ишлари, натижалар учун жавоб беришларини биз оддий мухлислар, ҳалқ кутиб қоламиз...