
Faoliyati davomida Isroil Madrimov, Dilshodbek Ro‘zmetov va Shahram G‘iyosovga mag‘lub bo‘lgan bokschilar Olimpiada finaliga yo‘l oldi
Bugun Olimpiada o‘yinlari boks musobaqalarining -69 va -81 kg vazn toifalarida finalchilar nomi aniqlandi.
-69 kg vaznda Pet Makkormak jangsiz finalga yo‘l oldi. Unga oltin medal uchun bahsda amaldagi jahon chempioni Andrey Zamkavoyni mag‘lub etgan kubalik bokschi Roniel Iglasias raqib bo‘ladi.
-81 kg vaznda britaniyalik Benjamin Uittaker boshqa bir rossiyalik bokschi Imam Xataevdan ustun kelib, final yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan bo‘lsa, ikkinchi yarim final bahsida ikki kubalik bo‘lgan bokschilar Arlen Lopes va Alfonso Dominges o‘zaro bahs olib bordi. Ozarbayjon sharafini himoya qilayotgan Dominges bu jangda Lopesga imkoniyatni boy berdi. Shunday qilib oltin medal uchun Benjamin Uittaker va Arlen Lopes jang o‘tkazadigan bo‘ldi.
Ma’lumot uchun, Shahram G‘iyosov Pet Makkormakni 1 marta, Roniel Iglasiasni 2 marta mag‘lub etgan va 1 bora imkoniyatni boy bergan. Benjamin Uittakerni esa jahon chempionatida Dilshodbek Ro‘zmetov taslim etgan. Arlen Lopes Isroil Madrimov 2 bor taslim etilgan. Shuningdek, Lopes Rio Olimpiadasida Bektemir Meliqo‘ziev ustidan g‘alaba qozonib, chempionlikni qo‘lga kiritgan edi.
Fikrlar
Майлига биз медалдан риода тўйганмиз деб. Шулар бориб японияда музқаймоқ еб келса хам майлида деб ўзимиз таниган, хохлаганларни олиб борамизда. Натижа киенги сафар ҳам бўлаверади диймизда