
Boks. Hamyurtimizni to‘xtata olishmadi!
Ayni paytda Rossiya Federatsiyasining Ufa shahrida joylashgan "Wrestling Palace" majmuasida IBA PRO 3 professional boks oqshomi bo‘lib o‘tmoqda.
Hozirgina o‘zbekistonlik charm qo‘lqop ustasi Havasbek Asadullaevning jangi yakunlandi. Mezbonlar vakili Alan Xugaevga qarshi bahs olib borgan hamyurtimiz yakunda g‘alabani qo‘lga kiritdi.
To‘liq 6 raund davom etgan qarama-qarshilikda Asadullaev hakamlarning yakdil qaroriga ko‘ra zafar quchdi.
Ma’lumot uchun, bu jang Havasbek uchun professional faoliyatidagi to‘rtinchisi bo‘ldi. Vakilimiz hozirga qadar g‘alabali seriya qayd etib kelmoqda.
Fikrlar