Bokschi qizlarimiz Osiyoni "titratdi"

  • 15.07.2026 20:47
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Jakartada (Indoneziya) ayollar oʻrtasida 19 va 23 yoshgacha boʻlgan bokschilar ishtirokidagi 2026 yildgi Osiyo chempionati yakunlandi.

23 yoshgacha boʻlgan sportchilar (U-23) oʻrtasidagi musobaqada umumjamoaviy hisobda Oʻzbekiston terma jamoasi mutlaq yetakchi boʻldi. Qoʻshni Qozogʻiston ikkinchi oʻrinni egallagan boʻlsa, uchinchi pogʻonaga Hindiston jamoasi koʻtarildi. Medallar taqsimoti quyidagicha shakllandi:

1. Oʻzbekiston — 6-1-2 (jami 9 medal); 2. Qozogʻiston — 3-3-2 (8); 3. Hindiston — 1-4-4 (9); 4. Yaponiya — 0-1-2 (3); 5. Moʻgʻuliston — 0-1-0 (1); 6. Janubiy Koreya — 0-0-3 (3); 7. Indoneziya — 0-0-2 (2); 8. Qirgʻiziston — 0-0-1 (1); 8. Vyetnam — 0-0-1 (1).

19 yoshgacha boʻlganlar (U-19) oʻrtasida ham yetakchilar uchligi oʻzgarmadi: birinchi oʻrinni yana Oʻzbekiston, ikkinchini Qozogʻiston, uchinchi oʻrinni esa Hindiston egalladi. Ushbu yosh toifasidagi medallar taqsimoti quyidagicha:

1. Oʻzbekiston — 4-2-0 (6); 2. Qozogʻiston — 3-0-3 (6); 3. Hindiston — 2-6-0 (8); 4. Indoneziya — 1-1-0 (2); 5. Tayvan — 0-1-3 (4); 6. Yaponiya — 0-0-4 (4); 6. Vyetnam — 0-0-4 (4); 8. Qirgʻiziston — 0-0-2 (2); 9. Tailand — 0-0-1 (1); 9. Tojikiston — 0-0-1 (1); 9. Janubiy Koreya — 0-0-1 (1); 9. Moʻgʻuliston — 0-0-1 (1).

Maʼlumot uchun, Jakartada shu bilan birga erkaklar oʻrtasida 19 va 23 yoshgacha boʻlgan bokschilar ishtirokidagi Osiyo chempionati ham oʻtkazilmoqda. Ushbu musobaqada final janglari payshanba, 16 iyul kuni boʻlib oʻtadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!