
Bo‘ldi, “Chelsi”dan ketaman!
“Chelsi”ning ispaniyalik himoyachisi Mark Kukurelya jamoani tark etishga qaror qildi. Daily Mirror nashrining yozishicha, futbolchi klub rahbariyati bu haqida ogohlantirgan.
“Aristokratlar” bir yil oldin bu futbolchini katta summa – 65,3 million evroga “Brayton”dan transfer qilgan edi.
Biroq yozda jamoani qabul qilib olgan Maurisio Pochettino Kukurelyaning xizmatlariga ehtiyoj yo‘qligini ta’kidladi. Argentinalik mutaxassis Angliya Premer-ligasining dastlabki oltita uchrashuvida Markni biror marotaba ham maydonga tushirmadi.
Endi 25 yoshli o‘yinchi yanvar oyida o‘ziga boshqa jamoa topmoqchi. “Chelsi” uni keyinchalik sotib olish huquqi bilan ijaraga berishi ham mumkin.
Fikrlar