Bo‘ldi, “Real”dan ketaman!

  • 17.05.2026 09:06
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Madridning “Real” klubi qanot himoyachisi va sardori Daniyel Karvaxal mavsum yakunlangach jamoani erkin agent sifatida tark etadi.

34 yoshli futbolchi madridliklar uning shartnomasini uzaytirmaslik haqida qaror qabul qilganidan xabar topdi.

Bu haqida The Athletic xabar berdi.

Manba ma'lumotiga ko‘ra, Karvaxalning Saudiya Arabistoni yoki Yaqin Sharqning boshqa davlatlarida faoliyatini davom ettirish varianti ushbu hududdagi tarang vaziyat sababli qiyin hisoblanmoqda.

Karvaxal “Real” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Himoyachi qadrdon jamoasi safida barcha musobaqalarda 449 ta o‘yinda qatnashib, 14 ta gol va 65 ta golli uzatma amalga oshirgan.

“Qirollik klubi” o‘yinchisi sifatida Daniyel Karvaxal olti marta Yevropa Chempionlar ligasida va to‘rt marta Ispaniya chempionatida g‘olib chiqqan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!