
“Borussiya” MYuning “zarbasini” ko‘tara olmadi
“Borussiya” 16 yoshli futbolchi uchun kurashda “Manchester Yunayted” bilan raqobatlashishga kuchi etmadi.
Aslida “Birmingem”da to‘p surayotgan Jud Bellingem Bundesliga vakilini tanlagan va shaxsiy shartnoma shartlarini kelishib ham bo‘lgan edi. Yosh iste’dod egasidan umidini uzgan manchesterliklar qishki transferlar vaqtida taklif qilgan 30 million funtni 40 milliongacha ko‘targanidan keyin “Borussiya” va “Birmingem” transfer summasini kelisha olmay qoldi.
Shu tariqa, dortmundliklar 16 yoshli futbolchini “Manchester Yunayted”ga o‘tishini kuzatib qolishdan boshqa iloj topolmadi.
Fikrlar