
"Borussiya" yana bir yosh iqtidor egasini safiga qo‘shib oldi
"Borussiya Dortmund" "Birmingem" yarim himoyachisi Jud Bellingxem transferini amalga oshirdi.
Angliyalik xavbek "sariq-qoralar" bilan uzoq yillik kelishuvga imzo chekdi. Jurnalist Fabritsio Romano futbolchi nemis klubida tibbiy ko‘rikdan o‘tib ulgurganligini ma’lum qildi.
Ta’kidlanishicha, "Borussiya" futbolchi uchun 23 million evro to‘lagan.
Fikrlar