Bosh murabbiyning fikri o‘zbek va qozoq muxlislarini jumbushga keltirdi!

  • 27 mart, 21:49
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 10
  • Futbol
CHERY AUTO

Markaziy Osiyo mamlakatlari orasida O‘zbekiston 2026 yilgi jahon chempionatining mintaqaviy saralash turniri uchinchi bosqichini muvaffaqiyatli yakunlash arafasida turibdi. Futbolchilarimizning ikkita uchrashuv oldidan mundialga chiqish imkoniyatida juda yuqori baholanmoqda.

Qozog‘iston terma jamoasi esa, Shimoliy Amerika sari yurishini endi boshladi. Qo‘shnilarimiz dastlabki ikki uchrashuvni safarda o‘tkazib, Uelsga 1:3 hisobida yutqazdi va Lixtenshteynni 2:0 hisobida engdi.

G‘alabali o‘yindan keyin Qozog‘iston terma jamoasi bosh murabbiyi vazifasini bajarayotgan Ali Aliev O‘zbekiston va Qirg‘iziston futbolchilarining muvaffaqiyatlarini baholay turib, agar Qozog‘iston Osiyoda o‘ynaganida jahon chempionatiga osonlikcha chiqishi mumkinligini aytdi.

Alievning bu fikri o‘zbek va qozoq fanatlarining jumbushga kelishiga sabab bo‘ldi. Qozog‘iston futbolini yoritayotgan sports.kz sayti muxlislarning bosh murabbiy fikriga ijtimoiy tarmoqlarda bildirayotgan munosabatlarini keltirdi.

Ular bilan tanishing:

“Janubiy Koreya, Qatar, Yaponiya, O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni bizdan ustun”.

“Bizga qanaqa ertaklar aytyapsan, Aliev?”.

“Qozog‘iston Evropaga o‘tmasligi va Osiyoda qolishi kerak edi”.

“Biz qorovul va taksichilardan tarkib topgan Lixtenshteynni zo‘rg‘a yutgan bo‘lsak, bu Osiyodan jahon chempionatiga aniq chiqamiz, degani emas. Biz Antarktidadan ham jahon chempionatiga chiqa olmasligimiz mumkin. Chunki pingvinlarga ham yutqazamiz. Ularda to‘rtta legioner o‘ynaydi, deymiz”.

“Fizruk, jahon reytingiga bir qarasangchi!”.

“Shimoliy Koreya – Qozog‘iston 2:0”.

“Bu savolga o‘zbek birodarlar javob bersin”.

“O‘zbekiston bizning terma jamoadan bir bosh ustun!”.

“Tarix agar Messi qozoq bo‘lganda, degan gapga borib taqaladi”.

“Agar biz Okeaniya mintaqasida o‘ynaganimizda aniq jahon chempionatiga chiqardik”.

“Qadrdonim, Osiyo futboli cho‘qqiga chiqqaniga ancha bo‘ldi!”.

“Nimalar deyapsan? Biz Lixtenshteynni bazo‘r yutdik-ku”.

“Qirg‘izlar mayli-ku, o‘zbeklar Evropada ham o‘z darajasini ko‘rsatyapti”.

“Osiyoda Yaponiya, Janubiy Koreya, Eron, O‘zbekiston, Qatar bor. Hozir Qirg‘izistonda ham futbol tez rivojlanyapti. Qozog‘istonda futbol yo‘q. Qirg‘iziston ham oson yutib qo‘yadi”.

“O‘zbekiston o‘zaro oxirgi uchrashuvda Qozog‘istonga kim zo‘rligini ko‘rsatib qo‘ygan”.

“O‘zbekiston jahon chempionatiga chiqsa, qozog‘istonliklik ayrim mutaxassislar buni tasodif, deydi. Agar O‘zbekiston jahon chempionatida shov-shuv ko‘tarsa, buni o‘sha mutaxassislar bir omadi keldi, deydi. Keyin yana jahon chempionatiga borsa, ba’zan shunqasi ham bo‘ladi, deyishadi. Gap sotgandan ko‘ra, futboldagi ishlaringni qilinglar, yaxshiroq ishlanglar”.

“U kallasi bilan urishib qolganmi? Bir Satpaev Husanovdan bir bosh ustun, degandi. Endi Osiyodan jahon chempionatiga osonlikcha chiqardik, deydi. Lixtenshteynni yutganidan keyingi eyforiyami bu? Sen avval O‘zbekistonning saralash guruhida oxirgi o‘rindagi KXDRni eng, keyin ovozingni baralla qo‘yib gapir!”

“O‘zini  huddi Niderlandiya yoki Portugaliyani yutgandek his qilyapti”.

“Sal bosiqroq bo‘l, terma jamoamiz Shimoliy Koreyadan 0:2 hisobida engilgan, Shimoliy Koreya o‘z guruhida hamma raqiblariga yutqazdi. Mana shunga qarab, darajani bil!”.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston va Qozog‘iston terma jamoalari o‘zaro etti marta to‘qnash kelgan. Ikki qo‘shni mamlakat futbolchilarining birinchi uchrashuvida qozog‘istonliklar qo‘li baland kelgan. Qolgan oltita uchrashuvda o‘zbekistonliklar uchtadan g‘alaba va durang qayd etgan.

 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
+998950198726
27/03/2025 21:57
Қозоқ мухлисининг фикрига қўшиламан.Қозоғистон Осиёда ўйнаганида ҳеч нимани қойил қилмаган.битта мақтанадиган нарсаси 1999 йил ёшлари жахон чемпионатига борганди.ўзимиз ёшлар европа жамоалари бн бемалол ўйнолади.Қозоғистонда ёшлар футболиям суст
&
Адхамжон Низомов
27/03/2025 22:30
Алиев футболни тушунмас экан.Козок мухлислари козок футболининг даражасини жуда яхши англаб туришибди.Шу Алиев мураббийлиги вактида Узбекистон билан уйин утказиш керакми дейманда.
&
Saida'lo uzb
27/03/2025 22:26
Qo'shnilarimizga uzoq yo'lda omad tilaymiz...Biz bunaqa davrlarni yo'llarni ancha bo'ldi bosib o'tib bo'ldik...Biz xozir UEFA ga qo'shilsak aniq termalarimiz va klublarimiz doim kuchlilar qatorida bo'ladi...
&
Po`lat Polvonov
28/03/2025 05:39
Ассалому алейкум!!! тўғри орзуга айб йўқ дейишади Алиев бу хаёлан айтилган гапдир биз Осиёда қолганимизда балким жахон чемпионатига чиқармидик деган хаёл ўтган бечора Али Алиевдан нима қилсин Ўзбекистон ҳам бу даражага чиқишида қанча йўлни босиб ўтди қанча ишлар қилинди спортга бўлган эътибор миллатимиз шаънини,ғурурини тиклашга йл очиб берди мана шунинг натижасини биз ҳам кўрябмиз биз ҳам хаёжондамиз умид қилябмиз Худо хохласа йигитларимиз жарохат олмасдан ўз формаларини йўқотмасдан Арабларни ютсак ёки дуранг қайд этсак мундиалга чиқамиз Иншооллох бунинг учун йигитларимизга омад тилайман.Олға Ўзбекистон.
&
Фидойи
28/03/2025 05:01
Жаноб журналист. Шу маколани казокча асл нусхасини кайердан топса булади?. Чунки жуда куп сузларни узларингдан кушасилар.
Pardayev Shavkat
27/03/2025 22:33
Қаердан олдинглар бу гапни? Аликв ахмоқ эмасеу. "ОФК да Қозоғистон яхшироқ ўсарди",- деган бўлиши мумкин. Бироанинг устидан кулгунча,- нашрни яхшиласанглар бўларди.