Bu futbolchini 70 million sanab olib ketavering
«Tottenxem»ning shvetsiyalik iste’dodli yarim himoyachisi Lukas Bergvall yozgi transfer oynasi yopilguncha jamoani tark etishi mumkin.
Jurnalist Gэri Uord tarqatgan ma’lumotlarga koʻra, Bergvallga «Nyukasl» va «Nottingem Forest» klublari jiddiy qiziqib qolgan. Manbaga koʻra, har ikki jamoa ham 20 yoshli xavbekni transfer oynasi yakunlanishi arafasida qo‘lga kiritishga urinib koʻradi.
Xabarlarga qaraganda, «Tottenxem» Bergvallni faqat 70 million yevro atrofidagi taklif kelib tushgan taqdirdagina qo‘yib yuborishga tayyor.
O‘tgan mavsumda shved futbolchisi barcha musobaqalar hisobga olinganda 33 ta oʻyinda maydonga tushdi, bir gol urdi va besh bor hamjamoadoshlariga golli pas yoʻlladi.
Bergvallning «Tottenxem» bilan amaldagi shartnomasi 2031 yilgacha moʻljallangan.

Fikrlar