Bu hayotimdagi eng unutilmas lahza edi!
Xitoylik UFC jangchisi Song Yadong karyerasidagi eng yorqin g‘alabadan keyin fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
"O‘zimni haqiqatan ham ajoyib his qilyapman, bu hayotimdagi eng unutulmas lahza bo‘ldi! Men Umarni nokaut qildim... Deyarli hamma meni hisobdan chiqarib, uni dunyodagi eng kuchli jangchi, deb bilayotgan edi. Unga katta kelajak va’da qilishar, Nurmagomedovning g‘aroyib greplingi haqida gapirishar, kelajakda mutlaq chempion bo‘ladi, deb ishonishardi. Lekin natijaga qarang — men oktagonga chiqdim va uni nokaut qildim", — dedi Xitoy vakili.
Eslatib o‘tamiz, Song Yadong "UFC Shanghai" turnirida Umar Nurmagomedovni ikkinchi raundda nokautga uchratdi.

Fikrlar