CHERY AUTO

Rossiyaning Ekaterinburg shahrida bo‘lib o‘tayotgan boks bo‘yicha jahon chempionatining so‘nggi hal qiluvchi janglari bo‘lib o‘tadi.

Final janglarida eng ko‘p O‘zbekistindan 4 ta bokschi ringga ko‘tariladi. Rossiyadan 3 ta, Kuba va Qozog‘istondan 2 tadan va AQSh, Angliya Filippin, Ekvador mamlakatlaridan bittadan vakil ushbu oqshomda chempionlik uchun jang olib boradi.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan safargi Germaniyada bo‘lib o‘tgan jahon chempionatida ham 4 nafar bokschimiz finalda qatnashgan (Hasanboy Do‘smatov, Jasur Latipov, Iqboljon Holdorov, Shahram G‘iyosov) va faqatgina Shahram G‘iyosov chempionlikni qo‘lga kiritgan edi.

Finalda ringga ko‘tariladigan bokschilarning ro‘yhati bilan tanishishingiz mumkin:

-52 kg: Shahobiddin Zoirov (O‘zbekiston) – Amit (Hindiston)

-57 kg: Mirazizbek Mirzahalilov (O‘zbekiston) – Lazaro Alvares Estrada (Kuba)

-63 kg: Endi Kruz (Kuba) – Keyshovn Devis (AQSh)

-69 kg: Andrey Zamkovoy (Rossiya) – Pat MakKormak (Angliya)

-75 kg: Gleb Bakshi (Rossiya) – Eumir Marsial (Filippin)

-81 kg: Dilshodbek Ro‘zmetov (O‘zbekiston) – Bekzad Nurdauletov (Qozog‘iston)

-91 kg: Muslim Gadjimagomedov (Rossiya) – Xulio Sezar Kastilo (Ekvador)

+91 kg: Bahodir Jalolov (O‘zbekiston) – Kamshibek Konkabaev (Qozog‘iston)

Ma’lumot uchun, janglar Toshkent vaqti bilan soat 19:00 da boshlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!