
Bugun Azmun uchun tarixiy kunga aylandi
Rossiya premer-ligasining 22-turida “Zenit” o‘z maydonida “Ural”ni qabul qilmoqda va 5:0 hisobida oldinda bormoqda.
E’tiborlisi, mezbonlar safidagi eronlik hujumchi Sardor Azmun xet-trik qayd etdi. Bu esa uning uchun “Zenit” safidagi ilk xet-trik bo‘ldi.
Azmun shu tariqa o‘zining mavsumdagi gollari sonini 10 taga etkazib oldi va RPL to‘purarlar poygasida 3-o‘ringa ko‘tarilib oldi.
Fikrlar