Bugun besh bokschimiz yarim final uchun bellashadi

  • 23.11.2016 12:35
  • 0
  • Boks
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi
Sankt-Peterburg shahri mezbonlik qilayotgan boks bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatida chorak final uchrashuvlari o‘tkaziladi.
 
O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari ham yarim final yo‘llanmasi uchun o‘tkaziladigan bellashuvlarda kuch sinashadi.
 
91 kilogramm vazn toifasida ringga chiqayotgan o‘zbekistonlik bokschi Shohruz Rahimov yarim final yo‘llanmasi uchun bo‘ladigan bellashuvda Angliya vakili Lyuis Uilyamsga qarshi jang o‘tkazadi.
 
Vazni 52 kilogrammgacha bo‘lgan bokschilar o‘rtasida ketma-ket g‘alabaga erishayotgan Otabek Xolmatov chorak finalda Dominikan Respublikasi vakili Luis Reynaldo Nunes Moskue bilan bellashadi.
 
Shohruh Rustamov esa 75 kilogramli bokschilar bellashuvida germaniyalik Vezir Agirmanga qarshi jang olib boradi.
 
Og‘irligi 56 kilogramm bokschilar musobaqasida Shunqor Abdurasulov yarim finalga chiqish uchun xitoylik
Jianmin Zengni engishi kerak.
 
60 kilogramm vazn toifasida jang o‘tkazayotgan Bilolbek Mirzarahimov esa chorak finalda kuchli raqibga tushib qoldi. Bilolbek yarim finalga chiqish uchun rossiyalik Beslan Hamzaevdan ustun kelishi talab etiladi.
 
Muhim uchrashuvlarda o‘zbek bokschilariga g‘alaba tilaymiz!
 
SPORTS.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!