
Bugun biatlon bo‘yicha yangi mavsum start oladi
Bugun qishki sport turlari orasida o‘z jozibasi va muxlislariga ega bo‘lgan biatlon sport turi bo‘yicha yangi mavsum start oladi. An’anaga ko‘ra, mavsumning birinchi bosqichiga Shvetsiyaning Estersund shahri mezbonlik qiladi.
Toshkent vaqti bilan 17:10 da mavsumning dastlabki poygasiga start beriladi. Unda biatlonchilar singl-mikst yo‘nalishi bo‘yicha raqobat olib borishadi. 19:00 dan esa aralash estafeta bahslari biatlon muxlislarini kutib turibdi.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilgi mavsumda erkaklar o‘rtasida norvegiyalik Yoxannes-Tines Byo, ayollar o‘rtasida italiyalik Doroteya Virer g‘olib chiqqan edi. E’tiborlisi, bugungi bahslarda har ikki biatlonchi ham o‘z jamoasining boshlang‘ich tarkibiga kiritilgan.
Estersundda o‘tadigan birinchi bosqich taqvimi quyidagicha:
30 noyabr – singl-mikst (17:10, Toshkent vaqti bilan)
30 noyabr – aralash estafeta (19:00)
1 dekabr – sprint (erkaklar) (16:30)
1 dekabr – sprint (ayollar) (19:30)
4 dekabr – yakkalik poyga (erkaklar) (20:15)
5 dekabr – yakkalik poyga (ayollar) (20:20)
7 dekabr – estafeta (erkaklar) (21:30)
8 dekabr – estafeta (ayollar) (19:30)
Fikrlar