Bugun boks bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi JCh-2016ga start beriladi

  • 17 noyabr, 2016, 09:45
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Bugun 17 noyabr kuni Sankt-Peterburgda (Rossiya) boks bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatiga start beriladi.

Tecno

Musobaqa rasmiy saytining ma’lum qilishicha, mazkur dunyo birinchiligida jahonning 110 davlatidan 500 nafar yosh bokschilari g‘oliblik uchun ringga ko‘tariladilar.

Bugun turnirning ochilish marosimidan so‘ng ilk saralash janglariga start beriladi. Dastlabki janglarda -49 kg. va +91 kg. vazn toifasidagi bokschilar ringga ko‘tariladilar.

Ushbu vazn toifalarida yurtimiz sharafini Nurjan Serikov (49 kg) va Abdulla Xudorganov (+91 kg) himoya qiladilar.

>>> Terma jamoamiz to‘liq tarkibi

Sankt-Peterburgda tashkil etilgan boks bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionati-2016 AIBA uchun ikki yubiley musobaqasi hamdir. AIBA Youth World Boxing Championship bu yil 20-marta o‘tkazilibgina qolmay, Xalqaro assotsiatsiya o‘zining 70 yilligini ham nishonlamoqda.

Bundan tashqari 1989 yildan beri Rossiya ilk marta ushbu musobaqani yana o‘zida qabul qilmoqda.

Musobaqalar 26 noyabrgacha davom etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!