Bugun final! Kubok vodiyda qoladi, ammo...

  • 5 oktabr, 2024, 01:02
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun final, bugun nafaqat yil, balki tarixiy uchrashuv. O‘z tarixida birinchi marta finalga yo‘l olgan “Andijon” ilk urinishidayoq Kubokni Andijonga olib ketadimi yoki “Navbahor” to‘rtinchi Kubogini qo‘lga kiritadimi?

Tecno

Anchadan beri Kubok finalida vodiy derbisiga guvoh bo‘lmagandik. Bu safargi uchrashuv boshqacha o‘tishi kutilmoqda. Chindan ham o‘yinga qiziqish nihoyatda katta. Ayniqsa, ikkala jamoa muxlislari ham alohida tayyorlanishgan va “Istiqlol” stadionida qanday atmosfera yaratilishini birgalikda ko‘rishimiz mumkin. Bu oddiy o‘yin emas. Unda kimdir albatta g‘olib chiqishi shart. Nima bo‘lganda ham Kubok vodiyda qoladi, ammo qaerda? Andijondami yoki Namangandami?!

Qizig‘i, bu klublar joriy yilgi Kubok uchun kurashni bir guruhda boshlashdi va yakunda ikkisi hal qiluvchi bosqichgacha etib keldilar. Bu yo‘lda jamoalar qiyin raqiblarni ortda qoldirdilar. Ayniqsa, “Andijon” Kubokning amaldagi sohibi “Nasaf”ni kurashdan chiqarib yubordi. Bu yil 60 yilliy yubileyida “Burgutlar”ning Kubok finaliga yo‘l olgani ham bejiz emas.

Xabaringiz bor, mamlakatimizning eng sovrindor klublari qatoridan joy olgan va Superliga (oliy liga)mizning muntazam ishtirokchisi bo‘lgan “Navbahor” billur sovrinni 3 marta – 1992, 1995 hamda 1998 yillarda qo‘lga kiritgan, 1993 va 2022 yillarda final ishtirokchisiga aylanib, hal qiluvchi bahslarda “Paxtakor” (0:3, 1993 yili) hamda “Nasaf” (1:2, 2022 yil) jamoalariga imkoniyatni boy bergan.

“Andijon” esa o‘z tarixida ilk marta O‘zbekiston Kubogi finaliga etib keldi.

“Navbahor” va “Andijon” jamoalari  O‘zbekiston Kubogi doirasidagi bahslarda o‘zaro 8 marta ro‘baro‘ kelishgan.

Ushbu o‘yinlarning 6 tasida “Navbahor” g‘alaba qozongan bo‘lsa,  2 ta bahsda andijonliklar zafar quchishgan. To‘plar nisbatidagi ustunlik ham “Navbahor” tarafida – 15 - 7.

Qizig‘i, mazkur jamoalar joriy mavsumda O‘zbekiston Kubogining guruh bosqichida ham o‘zaro bellashishgan, Namanganda bo‘lib o‘tgan bahsda namanganliklar Toma Tabatadze (20-pen.) va Yovan Jokich (60)larning gollariga evaziga 2:1 hisobida g‘alaba qozonishgandi.

Andijonliklarning yagona goliga esa Armin Boshnyak (88) mualliflik qilgandi.        

Ushbu jamoalarning O‘zbekiston Kubogi doirasidagi barcha uchrashuvlari natijalari:

1992 yil. 1/4 final

“Navro‘z” – “Navbahor” – 0:1

“Navbahor” – “Navro‘z” – 3:1

1993 yil. 1/4 final

“Navbahor” – “Navro‘z” – 4:2

“Navro‘z” – “Navbahor” – 1:0

2002/2003 yillar. Guruh bosqichi

“Andijon” – “Navbahor” – 1:4

2018 yil. 1/16 final

“Andijon” – “Navbahor” – 1:0

2023 yil. Guruh bosqichi

“Navbahor” – “Andijon” – 1:0

2024 yil. Guruh bosqichi

“Navbahor” – “Andijon” – 2:1.

Eslatib o‘tamiz, “Navbahor” – “Andijon” uchrashuvi 5 oktyabr kuni Farg‘onadagi “Istiqlol” stadionida soat 17:00 da start oladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Сохипов Хусанбой
05/10/2024 10:30
Навбахор факат галаба, кейинги йил халкаро майдон.