Bugun ikki bokschimiz Rossiyada ringa ko‘tariladi
Bugun Rossiyaning Ekaterinburg shahrida "RCC Boxing" tomonidan professional boks oqshomi tashkil etilmoqda.
Ahamiyatli jihati, mazkur kechada ikki nafar o‘zbekistonlik bokschi ham ringga ko‘tariladi. Jumladan, Yarimog‘ir vazn toifasida 10 raund etib belgilangan jangda Artur Ziyatdinov (15-2,12 KO) rossiyalik Denis Savitskiy (9-0-1,6 KO) bilan to‘qnash keladi. Ushbu qarama-qarshilik kechaning markaziy jangi hisoblanadi. Shuningdek, super engil (63,5 kg) vazn toifasida Jahongir Rasulov (7-0,7 KO) yana bir mezbonlar vakili Gor Xachataryanga (5-0,4 KO) qarshi 8-raundlik jangda ringga ko‘tariladi.
Janglar Toshkent vaqti bilan soat 17:00 da boshlanadi. Janglarni YouTube platformasidagi RCC Boxing kanali orqali kuzatib borishingiz mumkin.

Fikrlar