Bugun Ispaniyada 6 nafar bokschimiz ringga ko‘tariladi!

  • 31 yanvar, 2024, 13:06
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Bugun Ispaniyadagi "Boxam" xalqaro turinirining navbatdagi kuni doirasidan, 6 nafar bokschimizning chiqishi o‘rin olgan.

Ruslan Abdullaev, Havasbek Asadullaev, Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jaevlar keyingi bosqichda bahslarini o‘tkazsa, Mujibillo Tursunov, Lazizbek Mullojonov va Shohjahon Abdullaevlar turnirdagi dastlabki jangida ringa ko‘tarilishadi. Bugungi bahs olib boradigan bokschilarimiz va ularning raqiblari bilan tanishing:

-63,5 kg Mujibillo Tursunov - Jitaru Robert (Rumyniya)

-63,5 kg Ruslan Abdullaev - Roskovicz Bartlomiej (Polsha)

-71 kg Havasbek Asadullaev - Chavez Ronald (Meksika)-

71 kg Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jaev - Martinez Sergio (Ispaniya)

-92 kg Lazizbek Mullojonov - Romero Rogelio (Meksika)

-92 kg Shohjahon Abdullaev - Berenznicki Mateusz (Polsha)

Bahslarni Toshkent vaqti bilan 19:00 dan start oladi.

O‘zbekiston boks federatsiyasi matbuot xizmati

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!