Bugun Istomin navbatdagi o‘yinini o‘tkazadi

  • 27 yanvar, 2021, 18:42
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Tennis
CHERY AUTO

Denis Istomin Frantsiyadagi turnirda ishtirok etmoqda. Hamyurtimiz "Open Quimper Bretagne" turniri 1/8 final bosqichidan o‘rin olgan uchrashuvni mezbonlar sharafini himoya qilayotgan Konstan Lestenga qarshi o‘tkazadi. O‘yin Toshkent vaqti bilan 23:20 da start oladi.

Bungacha tennischimiz slovakiyalik Lukash Latsko qarshiligini 3 setda sindirishga muvaffaq bo‘lgandi: 6:3, 6:7(2:7), 7:6(7:4). Ma’lumot uchun, bu musobaqa Istomin uchun joriy yildagi uchinchisi sanaladi. Avvalroq, Denis "Australian Open" hamda "Amex-Istanbul Challenger" turnirlarida ishtirok etgandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!