
Bugun Londonda eng kuchlilar saralanadi
Bugun Angliyaning London shahrida ATP tomonidan o‘tkazilayotgan Yakuniy turnirning yakkalik va juftlik bahslarida g‘olib nomi aniq bo‘ladi.
"O2 Arena" kortida Toshkent vaqti bilan soat 20:30da juftlik bahslari final uchrashuvida Per-Yuge Erber va Nikola Mayu (Frantsiya) - Raven Klaasen va Maykl Vinus (JAR/Yangi Zelandiya) raqobatlashadi.
Ushbu o‘yindan so‘ng esa yakkalik bahslarining final uchrashuvida Stefanos Tsitsipas (Gretsiya) - Dominik Tim (Avstriya) o‘zaro kuch sinashadi.
Fikrlar