
Bugun O‘zbekistonning raqibini aniqlab olamiz
20 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasida Osiyo Kubogi uchrashuvlari davom etmoqda. Bugun ushbu turnirning chorak finali doirasida yana ikki uchrashuv bo‘lib o‘tadi.
Dastlab, 15:00da Janubiy Koreya hamda Xitoy terma jamoalari yarim final yo‘llanmasi uchun maydonga chiqadi. Mazkur bellashuv g‘olibi O‘zbekiston terma jamoasiga qarshi final ostonasida kurash olib boradi.
Shuningdek, 19:00da Yaponiya hamda Iordaniya terma jamoalari ishtirokidagi bahs ham bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan. Mazkur juftlik g‘olibi yarim finalda Iroq bilan kuch sinashadi.
Qayd etish lozim, kecha hamyurtlarimiz Avstraliyani penaltilar seriyasida mag‘lub etib,(1:1, 5:4) yarim finalga yo‘l oldi.
Fikrlar