
Bugun Pro ligada markaziy o‘yin bor. Ustunlik kim tomonida?
Bugun pro liganing 19-turini yakunlab beruvchi o‘yin Toshkentda bo‘lib o‘tadi. Turning markaziy bahsida "Buxoro" "Mash’al"ni qabul qiladi.
Bu jamoalar shu kungacha Superliga (oliy liga)da 34 bor, pro ligada 6 bor - jami chempionat bahslarida 40 marta to‘qnash kelishgan. Ularning 18 tasida “Mash’al”, 9 tasida esa “Buxoro” g‘alabaga erishgan. 13 o‘yin durang bilan yakunlangan. Muborakliklar raqib darvozasini 58 bor ishg‘ol qilgan bo‘lsalar, buxoroliklar 42 marotaba gol urishgan.
“Mash’al”ning o‘zaro o‘yinlarda qozongan eng yirik g‘alabasi – 4:0 ga teng. “Buxoro”da ham bu ko‘rsatkich 4:0 bo‘lib turibdi.
Fikrlar