
Bugun Rossiyada o‘zbek derbisi bo‘ladi
Bugun Rossiya premer-ligasida 7-tur uchrashuvlari davom ettiriladi. Biz uchun ahamiyatlisi “Rostov Arena”da mezbon “Rostov” hamda “Rubin” klublari o‘rtasida kechadi.
Boisi, har ikkala jamoa safida o‘zbekistonlik futbolchilar to‘p surishadi. Aniqrog‘i, rostovliklar safida hujumchi Eldor Shomurodov o‘ynasa, qozonliklar tarkibida himoyachi Vitaliy Denisov to‘p suradi. Umid qilamizki, har ikkala futbolchimiz ham bugungi o‘yinni asosiy tarkibda boshlashadi.
Ma’lumot uchun, “Rostov” – “Rubin” uchrashuvi bugun Toshkent vaqti bilan soat 21:00da boshlanadi.
Fikrlar