
Bunaqa bo‘lishini Messining o‘zi ham kutmagan
Transfermarkt portali joriy mavsumda transfer summasi keskin arzonlab ketgan futbolchilar ro‘yxatini e’lon qildi.
Bu borada birinchi pog‘onada “Barselona” hujumchisi Antuan Grizmann qayd etilgan. Frantsiyalik hujumchining narxi 32,4 million funtga pastlagan. Keyingi o‘rindan 29,7 million funtga arzonlagan Kristian Eriksen joy oldi. “Barsa” yulduzi Lionel Messining transfer summasi 28,8 million evroga arzonlashdi.
Portal hisob-kitoblariga ko‘ra, transfer summasi keskin tushib ketgan futbolchilar o‘nligi quyidagicha ko‘rinish oldi:
- Antuan Grizmann — £54 mln (-£32,4 mln)
- Kristian Eriksen — £31,5 mln (-£29,7 mln)
- Lionel Messi — £ 72 mln (-£28,8 mln)
- Eden Azar — £45 mln (-£27 mln)
- Delle Alli — £34,2 mln (-£23,4 mln)
- Samyuel Yumtiti — £9 mln (-£19,8 mln)
- N’Golo Kante — £54 mln (-£18 mln)
- Leroy Sane — £54 mln (-£18 mln)
- Isko — £18 mln (-£18m)
- Raxim Sterling — £99 mln (-£16,2 mln)
Fikrlar