“Bunyodkor” ertaga oq, AGMK qora rangli libosda o‘ynaydi

  • 2 mart, 2018, 22:58
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, ertaga Toshkentning "Bunyodkor" klubi o‘z maydonida O‘zbekiston Superligasi 1-turi doirasida Olmaliqning AGMK klubiga qarshi bahs olib boradi.

Tecno

Bugun mazku ruchrashuvi oldidan jamoalar menejerlari va uchrashuv rasmiylari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar bermoqda.

Unda, “Bunyodkor” – AGMK uchrashuviga O‘zPFL vakili sifatida tayinlangan Bekzod Aripov, nazoratchi Igor Nexochin va har ikkala jamoa menejerlari ishtirok etishdi.

Yig‘ilishda ertangi bahs oldidan bir qator tashkiliy masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, jamoalarning qanday rangli liboslarda to‘p tepishiga ham oydinlik kiritib olindi. Unga ko‘ra, “Bunyodkor” oq-oq-oq, darvozabon kulrang-qora-qora liboslarda maydonga tushadigan bo‘ldi.

AGMK futbolchilari qora, posboni yashil rangli liboslardan foydalanadigan bo‘ldi. Hakamlar esa sariq libosda maydonga chiqib kelishadi.

Eslatib o‘tamiz, Superliga-2018 birinchi turi doirasidagi “Bunyodkor” – AGMK uchrashuvi 3 mart kuni “Bunyodkor” stadionida soat 20:00da boshlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!