"Buxoro" o‘rtoqlik o‘yinida yirik hisobda yutdi. Tarkibda esa...

  • 08.01.2023 00:49
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

3 yanvardan Toshkentda o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini boshlagan “Buxoro” klubi ikkinchi bosqich yig‘inidagi ilk nazorat o‘yinini o‘tkazdi. Raqib birinchi liga vakili – “Paxtakor-79” jamoasi bo‘ldi.

Tecno

“Bunyodkor” akademiyasi maydonida bo‘lib o‘tgan bahsda “Buxoro” 4:0 hisobida g‘alaba qozondi. Ibrohim Alijonov, Usmon Ikromov (dubl) va Saidakbar Sharipov tomonidan urilgan gollarga raqib jamoa javob qaytara olmadi.

Asosiy tarkib: Akobir Qayumov, Obid Jo‘raboev, Jamoliddin Ubaydullaev, Abbos Otaxonov, Farruh Ibragimov, Ixtiyor Toshpo‘latov, Rustam Abduhamidov, Fayzulla Jumanqo‘ziev, Humoyunmirzo Iminov, Jasur Azimov, Ro‘zim Ahmedov.

Ikkinchi bo‘limda maydonga tushganlar: Sardor Qobuljonov, Mirjalol Jumaev, Siroj Meliev, Abduholiq Qurbonov, Asiljon Begimqulov, Ruslan Koraev, Saidakbar Sharipov, Usmon Ikromov, Danila Ejov, Ibrohim Alijonov, Oleg Drajjuk.

Tarkibga “Metallurg”dan futbolchilar taklif qilingan. Bungacha bekobodliklar safini tark etgan Abbos Otaxonovning “Buxoro” bilan shartnoma imzolagani xususida xabar berib o‘tgandik. Shuningdek, Ixtiyor Toshpo‘latov va Farruh Ibragimov ham “Buxoro” yig‘inida qatnashmoqda. Toshpo‘latov esa bu borada saytimizga intervyu berishga ham ulgurdi.

Hakim Fuzaylov jamoasi poytaxtda yana bir qator nazorat o‘yinlarini o‘tkazadi va tarkibga yangi o‘yinchilar qo‘shilishda davom etadi.

"Buxoro"ga o‘tayotganim rost, lekin..." yoxud hujumchidan himoyachiga aylangan futbolchi klubini nega o‘zgartirayotganini aytdi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!