“Chelsi” hech kim kutmagan murabbiyni olib keladi
Jahon futbolida 2026 yilning birinchi isteʼfosi Angliya Premier-ligasida yuz berdi. Yangi yilning ilk kuni “Chelsi” xoʻjayinlari qaroriga koʻra, italyalik bosh murabbiy Enco Mareska ishdan boʻshatildi.
Ayni paytda “aristokratlar” jamoani muvaffaqiyatli boshqara oladigan boshqa mutaxassis qidirmoqda.
Taniqli insayder Fabrizio Romano X ijtimoiy tarmoqlaridagi shaxsiy sahifasi orqali londonliklar roʻyxatiga kiritilgan nomzodlar orasida asosiy eʼtibor kimga qaratilayotganini maʼlum qildi.
Unga koʻra, Fransiya chempionatida “Strasburg” jamoasini boshqaryotgan Liam Rosenyor tez orada “Chelsi”ni qabul qilib olishi kutilyapti.
London klubi rahbariyati mutaxassisning imkoniyatlarini yuqori baholamoqda va ayni paytda u eng asosiy daʼvogʻar sifatida oʻrganilayapti. Agar “Chelsi” Rosenyor boʻyicha muzokaralarni boshlasa, “Strasburg” yangi bosh murabbiy topish masalasini jadalantiradi.
Rosenyor rahbarligida “Strasburg” Fransiya chempionatida 16 turdan keyin sakkizinchi oʻrinni egallab turibdi. Jamoa 23 ochko toʻplagan va peshqadam “Lans”dan 14 ochkoga ortda qolmoqda.
Fikrlar