
"Chelsi" ikki futbolchisi bilan shartnomani uzaytiradi
Londonning "Chelsi" klubi yarim himoyachilar — Jorjino va N'Golo Kantening kelajagi borasida bir qarorga keldi.
"The Times" nashriga ma’lum bo‘lishicha, "aristokratlar" rahbariyatining ushbu futbolchilar bilan yangi shartnoma imzolashi kutilmoqda. Londonliklar kelasi yozda ularni tekinga qo‘yib yuborishni xohlamaydilar.
Eslatib o‘tamiz, ushbu futbolchilarning amaldagi shartnomasi kelasi yilning o‘rtalarigacha hisoblangan. Kante joriy mavsum Premer-ligada atigi ikkita o‘yinda maydonga tushdi. Yarim himoyachi jarohati tufayli mavsumning ko‘p qismini o‘tkazib yubordi.
Jorjino esa barcha musobaqalar doirasida 20 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol urgan.
Fikrlar