
“Chelsi”: Janob Tuxel, bu talabingizni bajarilmaydi!
“Chelsi” rahbariyati jamoa bosh murabbiyi Tomas Tuxelning bitta talabini bajara olmasligini uqtirdi.
Germaniyaoik mutaxassis klub bilan shartnomasi yakunlanayotgan to‘rt nafar himoyachi Antonio Ryudiger, Andreas Kristensen, Tyago Silva va Sezar Aspilikueta bilan yangi shartnoma imzolab, ularni kelasi mavsumda ham olib qolishni so‘ryapti.
Klub xo‘jayinlari germaniyalik himoyachi Ryudigerni yangi bitimga ko‘ndira olmadi. Aniqrog‘i, klub futbolchi so‘rayotgan maoshni to‘lashni istamayapti va shu bois, Antonio mavsum yakunida erking agentga aylanadi.
Shuningdek, Tyago Silvaning klubdan hech qanday ortiqcha talabi yo‘q va u bilan muzokara “silliq” o‘tmoqda. Bir necha klub nishonida turgan Kristensen ham klubga talablarini bildirgan va ular navbatdagi muzokara chog‘ida ko‘rib chiqiladi.
Sezar Aspilikueta o‘ziga ma’qul shartnoma berilsa, uni muammosiz imzolashini bildirdi.
Fikrlar