
"Chelsi" Kostaning o‘rniga yangi to‘purar olyapti
"Chelsi" jamoasi bosh murabbiyi Antonio Konte jamoa to‘purari Diego Kostaga o‘rinbosar topishga harakat qilmoqda. Italiyaliy mutaxassis to‘purarning hujumchi jarohat olib qolsa, uning o‘rnini bilintirmaydigan hujumchiga muhtojligini aytdi.
"Chelsi" ustozi bu o‘ringa Ispaniya terma jamoasi tarkibida jahon chempioni bo‘lgan Fernando Lorenteni munosib ko‘rayotgani haqida klub xo‘jayini Roman Abramovichga ma’lum qildi. O‘z yurtidan jamoa topolmagan 31 yoshli Lorente "Suonsi Siti" jamoasiga qo‘shildi va Angliya premer-ligasida ham oltita gol urishga erishdi.
Antonio Konte 2013-2014 yillar davomida "Yuventus"ni boshqargan vaqtda Fernando Lorente turinliklar tarkibida to‘p surgan. Agar ispan hujumchisi "Chelsi"ga ko‘chib o‘tsa, londonliklar "Marsel"dan olib kelingan hujumchi Mishi Batshuayini boshqa klubga ijaraga beradi.
Fikrlar