“Chelsi” muhim transferni rasmаn e’lon qildi
Londonning “Chelsi” klubi 18 yoshli himoyachi Xonest Ahanorni “Atalanta”dan sotib olganini rasmiy e’lon qildi. Biroq futbolchi “aristokratlar” safiga 2027 yil yozida qo‘shiladi, deya xabar berdi klub matbuot xizmati.
- “Chelsi” Italiya ning “Atalanta” klubida o‘ynayotgan italyalik himoyachi Xonest Ahanorning transferi bo‘yicha kelishuvga erishdi. Futbolchining klubga rasmiy qo‘shilishi 2027 yilga rejalashtirilgan, - deyiladi lonlonliklar klubi matbuot xizmati xabarida.
Matbuotdagi ma’lumotlarga ko‘ra, transfer qiymati 47 million yevroni tashkil qilgan. Futbolchining bozorgi qiymati esa ancha arzon – 30 million yevroga baholanmoqda.
2026/2027 yildgi mavsumda Ahanor ijarada asosida “Kristal Pэlas” safida o‘ynaydi.
18 yoshli Ahanor o‘tgan mavsumda “Atalanta” tarkibida 35 ta uchrashuvda maydonga tushgan. Bu uning Bergamo klubidagi birinchi mavsumi bo‘lgan. Himoyachi 2025 yil iyul oyida “Jenoa”dan “Atalanta”ga ko‘chib o‘tgan.
Shuningdek, 18 yoshli futbolchi Italiya milliy terma jamoasida ham debut qilgan.

Fikrlar