"Chelsi" Terrining o‘rniga himoyachi topdi
Londonning "Chelsi" klubi Jon Terrining o‘rniga himoyachi topishga muvaffaq bo‘ldi. Olingan ma’lumotlarga ko‘ra, "ko‘klar" "Midlesbro"ning 23 yoshli himoyachisi Ben Gibsonni o‘z tarkibiga qo‘shib olishni rejalashtirmoqda.

Antonio Konte markaziy himoyachi uchun 33 mln Evro to‘lashga tayyor ekanligini ma’lum qilgan. Ushbu transfer yozda amalga oshishi kutilmoqda.
Gibson Premer-ligada 201ta uchrashuvda maydonga tushdi. Shuningdek, u "Midlesbro"ning Chempionshipdan APLga ko‘tarilishiga ham o‘z xissasini qo‘shgan.

Eslatib o‘tamiz, Jon Terrining "Chelsi" bilan shartnomasi yozda o‘z yakuniga etadi va futbolchi ko‘klarni butunlay tark etadi.



Fikrlar