
“Chelsi” transfer bozorini yondirmoqchi
Caught Offside nashrining ma’lum qilishicha, “Chelsi” kelasi yoz ham transfer bozorini yondirmoqchi.
Bosh murabbiy Maurisio Pochettino hujum chizig‘ini kuchaytirishga qaror qilgan. Argentinalik mutaxassis yuqori saviyali to‘purarsiz chempionlikni qo‘lga kiritib bo‘lmasligini ta’kidlamoqda.
“Chelsi” asosiy nishon sifatida “Napoli”dan ketishga qaror qilgan Viktor Osimxenni belgiladi. Agar nigeriyalik forvardni transfer qilish imkoni topilmasa, unga o‘rinbosar bo‘la oladigan yana uch nafar futbolchi bor.
Bular – sakkiz oylik diskvalifikatsiyasi yanvarda tugaydigan “Brentford” vakili Eyvan Touni, “Brayton”ning 18 yoshli hujumchisi Evan Fergyuson hamda “Feyenoord” safida ko‘p gol ura boshlagan Santyago Ximenes.
Fikrlar