
“Chelsi” transfer rekordini yangilaydi
“Chelsi” klubi yozgi transferlar vaqtida transfer rekordini yangilab, qimmatbaho darvozabon sotib olmoqchi.
Londonliklar o‘z darvozasini “Atletiko” posboni Yan Oblakka topshirishni istamoqda. Buning uchun Roman Abramovich 90 million evro miqdorida mablag‘ ajratishga rozi bo‘lgan.
Bir necha yildan beri madridliklar darvozasini ishonchli qo‘riqlab kelayotgan Oblak “Atletiko”da qolishi uchun jamoa bu yil Evropa Chempionlar ligasida g‘olib chiqishi kerak.
Tajribali darvozabon “Atletiko” nufuzli sovrinlarni yutmayotganidan norozi bo‘lmoqda va kuchliroq klubga o‘tish istagini bildirgan.
Fikrlar