"Chelsi" yulduzi jamoadan ketmoqchi

  • 12 noyabr, 2021, 18:55
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Chelsi" yarim himoyachisi Hakim Ziesh faoliyatini boshqa klubda davom ettirishi mumkin.

Tecno

"Goal.com" nashri ma’lumotiga qaraganda, 28 yoshli futbolchi qishda londonliklar safini tark etmoqchi. Ziesh "aristokratlar" libosida to‘liq o‘yin amaliyotiga ega emasligidan norozi.

Uning xizmatiga Dortmundning "Borussiya"si jiddiy qiziqish bildirmoqda. "Asalarilar" uni mavsum avvalida jamoadan ketgan Jeydon Sanchoga munosib o‘rinbosar sifatida ko‘ryapti.

Marokashlik futbolchi joriy mavsum 10 uchrashuvda maydonga tushib, o‘z hisobiga 2 gol va 1 assistni yozdirib qo‘yishga muvaffaq bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!