"Chelsi"da Azarning raqamiga talabgorlar paydo bo‘ldi
Goal.com nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, angliyalik futbolchi qarorini o‘zgartirgan faoliyatini "aristokratlar" safida davom ettirmoqchi. U 2020 yilda nihoyasiga etadigan shartnomasini uzaytirishga ham tayyor. U yozgi transfer oynasi vaqtida Eden Azar klubni tark etgach 10-raqamni qo‘lga kiritmoqchi.
Hozirda Xadson-Odoi aprel oyida "Byornli" bilan bahsda olgan jarohatini davolatish bilan band va katta ehtimol bilan kelgusi mavsum avvalini ham o‘tkazib yuboradi.
Ma’lumot uchun, joriy yilgi mavsumda 18 yoshli hujumchi APLda 10 ta bahsda maydonga tushdi va 1 ta to‘p kiritdi.



Fikrlar