Nishonda – uchta superhujumchi!

  • 19 may, 2023, 23:25
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Chelsi” barbod bo‘lgan mavsumdan keyin ishni yangi bosh murabbiyga jangovar tarkib shakllantirish imkonini berish bilan boshlaydi.

Tecno

The Guardian nashrining ma’lum qilishicha, “aristokratlar” uchta hujumchidan iborat ro‘yxat tuzdi.

Klub mutasaddilari yozgi transferlar davrida “Napoli”dan Viktor Osixen, “Inter”dan Lautaro Martines va “Brentford”dan Ayven Tonini olib kelish bo‘yicha ishlaydi.

Bu futbolchilar orasida Osimxen va Martinesga Evropa futbolining boshqa grandlari ham ko‘z tikmoqda. Shu bois, kelasi mavsum Chempionlar ligasida o‘ynash imkonidan ayrilgan “Chelsi”ga o‘z rejasini amalga oshirish qiyin bo‘ladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!