
Chempionlarga tekkan qarg‘ish!
Kecha bo‘lib o‘tgan Italiya hamda Shveytsariya terma jamoalari o‘rtasidagi bellashuvda italyanlar 2:0 hisobida raqibga imkoniyatni boy berib qo‘ydi. Bellashuvning 37-daqiqasida Remo Froyler hisobni ochgan bo‘lsa, 46-daqiqada Ruben Vargas oradagi farqni ikkitaga etkazib qo‘ydi. Amaldagi chempionlarning Germaniya yashil maydonlaridagi safari shu nuqtada yakunlandi.
Ushbu natija avvalgi ikki Evroda bo‘lgan voqea bilan uzviy bog‘liq.
Gap shundaki, 2016 yili amaldagi chempion sifatida Evropa chempionatiga tashrif buyurgan Ispaniya terma jamoasit 1/8 finalda Italiyaga 0:2 hisobida mag‘lub bo‘lib turnirni tark etgan. Bellashuvning 33-daqiqasida Jorjo Kellini o‘yinda hisobni ochadi va bahs yakuniga yaqin Gratsiano Pelle "Qizil Furiya"ning ustidan "muzday suv quyib yuboradi". Ispanlar "Evro-2012"da aynan Italiyani finalda taslim etib, musobaqada g‘olib chiqqandi.
Xuddi shu holat 2020 yilda Portugaliya bilan ham sodir bo‘lgan. "Evro-2016" turnirida guruhdan 3-o‘rin bilan arang chiqib, pley-off bahslarida ham katta qiyinchilikka duch kelgan portugallar finalda quturgan frantsuzlarni ham taslim eta olgan. Biroq chempionlar 2021 yilda o‘tkazilgan "Evro-20202"da Belgiyaga aynan 1/8 finalda mag‘lub bo‘lgan (0:1). Torgen Azarning 42-daqiqada urgan goli bahs taqdirini hal qilgan. Garchi, o‘sha uchrashuvda Ronaldu va uning jamoadoshlari "hujumlar yomg‘irini" amalga oshirib, uchrashuvda yaqqol ustunlik qilgan bo‘lsa ham "qora an’ana"ning davom etishiga qarshi chiqa olishmagan.
Ketma-ketlik "chiroyli tarzda" davom etdi va amaldagi chempionlar hozir davom etayotgan Evro 2024 turnirida Shveytsariyaga mag‘lub bo‘ldi.
"Evro-2024" turniri davom etmoqda va biz yaqin vaqtlar ichida keyingi turnirning 1/8 finalida musobaqani tark etadigan terma jamoani aniqlab olamiz!
Fikrlar