Chimaev UFC bilan shartnomasini yangiladi
O‘rta vazn toifasi (77.5-84 kg) UFC jangchisi Hamzat Chimaev (12-) tashkilot bilan yangi shartnoma imzoladi.
Bu haqda ESPN nashriga Chimaevning menejeri Mahdi Shammas ma’lum qildi. Shammasning so‘zlariga ko‘ra, gap uzoq muddatlii kelishuv haqida ketmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Hamzat (12-0) so‘nggi bor 2022 yil sentyabrida jang o‘tkazgan, o‘shanda u birinchi raunda Kevini Xollandni (25-10) mag‘lub etgandi.
Ma’lumot o‘rnida, Chimaev ertaga 19:00 dan start oladigan UFC 294 turnirida Kamaru Usmanga (20-3) qarshi oktagonga chiqadi.

Fikrlar