Chjileyning ehtimoliy uch raqibi ma’lum

  • 06.01.2024 09:12
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Chjan Chjiley (26-1-1, 21 KO) boshqa og‘ir vazndagi bokschilarga qarshi chiqishda davom etmoqda. Jo Joys ustidan ikki marta g‘alaba qozongan xitoylik WBO kamari uchun majburiy da’vogar maqomiga ega bo‘ldi va bunday vaziyatda Chjiley o‘zining boshqa ehtimoliy raqiblarini aytib o‘tdi.

"Jozef Parker (34-3, 23 KO) bu haqiqatan ham yaxshi variant bo‘lishi mumkin. Entoni Joshua (27-3, 24 KO) bilan jangimizni esa butun dunyo ko‘rishni xohlaydi. Afsuski, Joshua va uning atrofidagi odamlari uni mendan uzoqlashtirishga harakat qilishmoqda. Butun boks olami, ikkita yigitdan – Joshuaning o‘zi va uning promouteri Eddi Xirndan tashqari hamma bizning jangimizni ko‘rishni istaydi. Filip Xrgovich (17-0, 14 KO) men bilan bo‘lgan jangida hakamlardan sovg‘a oldi va IBF da’vogariga aylandi, oradan ko‘p vaqt o‘tgach esa u kuchsizroq raqiblar bilan bor-yo‘g‘i ikkita jang o‘tkazdi.Chunki yutqazib qo‘yishdan qo‘rqdi. Har bir jangda u boshning orqa qismiga zarbalar bilan qoidabuzarliklar qiladi. Men u bilan yana jang qilish imkoniyatiga ega bo‘lishni xohlardim” – dedi Chjiley.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!