"Сити"dan himoyachi olmasak bo‘lmaydi
«Milan» markaziy himoya chizig‘ini kuchaytirish maqsadida «Manchester Siti» futbolchisi Ruben Diash nomzodini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqida Foot Mercato nashri xabar berdi.
Manbaning ma’lumotiga ko‘ra, hozircha «Milan» tomonidan rasmiy taklif yuborilmagan. Shu bilan birga, klub futbolchining o‘zi bilan ham hali kelishuvga erishmagan. Ruben Diashning «Manchester Siti» bilan amaldagi shartnomasi 2029 yil yozigacha mo‘ljallangan. Avvalroq angliyalik klub himoyachini sotish yoki jamoadan ketkazish niyati yo‘qligini bir necha bor ta’kidlagan edi.
29 yoshli Diashning transfer qiymati Transfermarkt portali bahosiga ko‘ra 55 million yevroni tashkil etadi. U o‘tgan mavsumda 33 ta uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 4 marta ogohlantiruv (sariq kartochka) oldi.

Fikrlar