
Daniel Korme Miochichga: Mening revanshimni ber!
UFC ikki divizioning sobiq chempioni Daniel Korme og‘ir vazn toifasining chempioni Stipe Miochichdan revansh uchun imkon berishini so‘radi.
"Hozirda, kamar uchun jangga ega bo‘lish qiyin, chunki barchasi Stipega bog‘liq.
Ayrim yigitlar bu divizionda juda yaxshi janglarni o‘tkazishmoqda. Ngannu "killer", Bleyds "killer".
Hozirda og‘ir vazn toifasi juda kuchli.
Ammo men keyingi jangimni Stipega qarshi o‘tkazaman. Bu amalga oshishi kerak bo‘lgan ish va bu amalga oshadi ham! Men uni mag‘lub etganimda, revansh uchun imkoniyat berganman. Shuning uchun Stipe halol bo‘l va mening revanshimni ber!" - dedi Korme.
Eslatib o‘tamiz, UFC 226 doirasida Korme Miochichni dastlabki raundda nokautga uchratgan edi. Stipe Miochich UFC 241 da revansh o‘tkazib, Kormeni nokaut qilgandi.
Fikrlar