
Daniil Medvedevning kuchi etmadi
Frantsiya poytaxti Parij shahrida “Masters” turkumiga kiruvchi musobaqada rossiyalik Daniil Medvedev ilk uchrashuvida o‘z ishtirokini yakunladi.
Rus tennischisi turnirning ikkinchi davrasida frantsiyalik Jeremi Shardiga qarshi kortga chiqib, yakunda 6:4, 2:6, 4:6 imkoniyatni boy berib qo‘ydi.
Endi Jeremi "Rolex Paris Masters" turnirining uchinchi bosqichida chililik Kristian Garin hamda amerikalik Jon Isner o‘rtasidagi uchrashuv g‘olibi bilan raqobatlashadi.
Fikrlar