Dastin Porye aql­dan ozmoqda(mi?)

  • 26.06.2026 11:20
  • Javohir Malikov
  • 0
  • MMA
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Taniqli MMA ustasi Dastin Porye faoliyatini yakunlagach juda katta ruhiy stressni boshdan kechirmoqda.

"Sportdan ketish qo‘rqinchli. Endi vaqtim ko‘p, janglarga tayyorlanishim ham shart emas. Hozir tushkunlikka tushib qoldim, deb aytolmayman, lekin nima qilishni bilmayotganim rost. So‘nggi 20 yil davomida har kuni shunday fikr bilan uyg‘onardim: "Qanday qilib jangchi sifatida yaxshilanishim mumkin? Uslubimga qanday yangilik qo‘shsam bo‘ladi? Qanday qilib chempion bo‘laman?"

Qo‘lqopingni mixga osgach esa, uyg‘onib, oddiy odam ekaningni tushunib yetarkansan. Bu dahshat. Mashg‘ulot va janglar 20 yil davomida boshimdan ketmagan bulutga o‘xshaydi. Endi esa uyg‘onsam, ular yo‘q. Nima qilishim kerak, bilmadim", - dedi amerikalik.

Eslatib o‘tamiz, Dastin Porye 2025 yil 19 iyul kuni "UFC 318" turnirida Maks Holloweydan mag‘lubiyatga uchragach, faoliyatini yakunlagandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!