
David Alaba: "Bavariya" to‘g‘ri yo‘lda
Myunxenning "Bavariya" klubi himoyachisi David Alaba kecha Bundesliganing 15-turida "Gannover"ga (4:0) qarshi bo‘lib o‘tgan o‘yindan so‘ng o‘z fikrini bildirib o‘tdi.
“Jamoa ilk daqiqalardanoq o‘z o‘yinini ko‘rsatishni xohlagandi. Birinchi bo‘limda juda katta ishtiyoq bilan harakat qilganimizni barcha ko‘rdi. Maqsadimiz – boshqalarga e’tibor bermasdan har bir uchrashuvda g‘alaba qozonish. Ketma-ket 3ta o‘yinda qo‘lga kiritilgan g‘alabadan so‘ng biz to‘g‘ri yo‘ldamiz deb ayta olaman”, - deydi avstriyalik futbolchi.
Eslatib o‘tamiz, “Bavariya” ayni damda 30 ochko bilan musobaqa jadvalida uchinchi o‘rinni egallab turibdi. Ularning peshqadam “Borussiya” Dortmund bilan oralaridagi farq 9 ochkoni tashkil etadi.
Fikrlar