David Goffin raqibini ayab o‘tirmadi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Saudiya Arabistonining Ed-Dir’iya shahrida o‘tayotgan ko‘rgazmali turnirda barcha yarim final ishtirokchilarining nomi aniq bo‘ldi.

"Diriyah Tennis Cup"ning chorak finalida belgiyalik David Goffin va frantsiyalik Lyuka Puy o‘zaro kuch sinashdi. Mazkur uchrashuvda David 6:2, 6:4 hisobida zafar quchdi.

Endi final bosqichiga yo‘llanmasi uchun D.Goffin rossiyalik Daniil Medvedev bilan kuch sinashadigan bo‘ldi.

 

Rossiyalik tennischi Daniil Medvedev Ed-Dir’iyada o‘tayotgan ko‘rgazmali turnirda ilk g‘alabasini qo‘lga kiritishga muyassar bo‘ldi.

Daniil musobaqaning chorak finalida germaniyalik Yan-Lennard Shtruffga qarshi o‘yin o‘tkazib, yakunda 6:3, 6:1 hisobida zafar quchdi.

Endi "Diriyah Tennis Cup"ning yarim finalida Medvedev belgiyalik David Goffin yoki frantsiyalik Lyuka Puy bilan bellashadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!