
David Luiz "Arsenal"da Arshavinning raqamini tanladi
Avval xabar berganimizdek "Chelsi" klubi himoyachisi David Luiz Londonning boshqa bir grandi - "Arsenal" safiga ko‘chib o‘tdi.
Aytish kerakki 32 yoshli braziliyalik futbolchi “kanonirlar” safida o‘ziga 23-raqamni tanladi.
Eslatib o‘tamiz, ushbu raqamda “Arsenal”da 2009-2013 yillarda rossiyalik mashhur hujumchi Andrey Arshavin to‘p surgan.
Fikrlar